08 mar 17:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Tursunov Tokio Olimpiadasi licenziyasi uchun jang qildi
Iordaniyada Osiyo/Okeaniya mintaqasi bokschilari uchun licenzion musobaqa o'zining eng qizg'in pallasiga etib keldi.
Biroz avval musobaqada -91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sanjar Tursunov eronlik Tufan SHarifiga qarshi jang qildi va g'alaba qozondi. SHu tariqa, Sanjar terma jamoamiz uchun Tokio olimpiya o'yinlariga ikkinchi licenziyani taqdim etdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Bobousmon Baturov Tokio Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritgandi. Bugun kun davomida yana uch nafar bokschimiz - Maftuna Melieva, Fanat Qahramonov va Bahodir Jalolov musobaqa chorak finalida ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar