13 apr 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolov Bangkokda terma jamoa safiga qo'shiladi
Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bugun Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Tailandga jo'nab ketdi.
Terma jamoa safida 17 nafar bokschi bugun musobaqaga yo'l oldi.
Jamoamizning yana ikki nafar azosi Bangkokda terma jamoa safiga borib qo'shiladi. Unga ko'ra, ayni paytda AQSHda professional boksda faoliyat olib borayotgan Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolov okeanortidan to'g'ri Tailandga yo'l olgan. Ayni paytda ular Bangkokka etib borishgan. Terma jamoamiz azolari esa bugun Tailand poytaxtiga etib borishadi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionatida dastlabki janglar 19 aprel kuni boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar