23 jan 11:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Sanjarbek Rahmonov shu hafta jang o'tkazadi
Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Sanjarbek Rahmonov 27 yanvar kuni navbatdagi jangini o'tkazadi.
Bokschimizga bo'lajak jangda amerikalik Xaylon Uilyams raqiblik qiladi. To'qnashuv 27 yanvar kuni Las-Vegasdagi jang oqshomida o'tkaziladi.
Malumot uchun, Sanjar professional faoliyati davomida 10ta jang o'tkazib, shularning 9tasida g'alaba qozongan. Bitta jangda esa durang qayd etilgan.
AQSHlik bokschi esa bugungi kungacha 21ta jangda ringga chiqqan. SHulardan 16tasida Uilyamsning qo'li baland kelgan. To'rt marotaba esa u mag'lubiyatga uchragan. Yana bitta jangda durang natijani rasmiylashtirgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar