31 avg 14:06
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/83334_220.jpg)
Sanjarbek Rahmonovning navbatdagi raqibi malum bo'ldi
Professional bokschimiz Sanjarbek Rahmonov navbatdagi jangini 20 sentyabr kuni AQSHning Nevada shtatida o'tkazadi.
Ushbu jangda bokschimizga amerikalik Andre Bird raqiblik qiladi. 8 raundga mo'ljallangan jang birinchi yarimo'rta vazn toifasida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, Sanjar shu kungacha prof ringda 14 ta jang o'tkazgan va ularning 11 tasida g'alaba qozongan (5 ta nokaut). 2 marotaba mag'lub bo'lgan va 1 ta durangga erishgan. Bird esa 18 marotaba jang qilgan. Ularning 8 tasida g'alaba qozongan (1 ta nokaut). 8 marotaba mag'lub bo'lgan. 2 marotaba duranga erishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar