24 fev 07:04
Yangiliklar
Saralashdan chiqqan Kalinskaya dunyoning birinchi raketkasini mag'lub etdi
Yarim final uchrashuvida kutilmagan natija qayd etildi. Sayyoramizning birinchi raketkasi, polshalik Iga Svyontek WTA reytingida 40-pog'onada borayotgan rossiyalik Anna Kalinskayaga 4/6, 4/6 hisobida yutqazib, musobaqadagi ishtirokini to'xtatdi. Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi sifatida tarixga kirdi.
Bir soatu 42 daqiqalik bahsda Kalinskaya 1, Svyontek 5 ta eys zarbasini ijro etgan. 25 yoshli Anna faoliyatida ilk bor WTA turniri finaliga chiqdi. U bu muvaffaqiyati evaziga dushanba kuni elon qilinadigan reytingda 16 pog'onaga yuqorilab, Top-25`da debyut qiladi.
Etiborlisi, Kalinskaya Dubay turniridagi ishtirokini kvalifikaciya, yani saralash bahslaridan boshlagan edi. Anna Dubay kortlarida Top-3 reytingidan o'rin olgan ikki raqibasini taslim eta oldi. Bunday natijaga 1998 yilda Ameli Moresmo erishgandi.
Fikrlar