So’nggi yangiliklar

19:02"Чемпионлик матчида Жавоҳирга қўлимдан келганича ёрдам бераман" - Нодирбек Абдусатторов 0 18:25Теннисчи қизларимиз "Билли Жин Кинг кубоги"даги иштирокларини ғалаба билан бошлашди 0 17:59"Интер Майами" ғайриоддий қоида сабабли Каземиронинг транфери учун "Лос-Анжелес Гэлакси"га 1 миллион доллар тўлайди 0 17:23О'Мэлли чемпион Петр Янни жангга чорлади 0 16:54Геннадий Головкин энди расман бокс афсонаси! (+ФОТО) 0 16:23Светлана Осипова Жаҳон рейтингида биринчи ўринга кўтарилиб олди! 0 15:51Тарихда илк бор футбол бўйича жаҳон чемпионатларида она ва ўғил иштирок этди 0 15:20Эшкак эшиш бўйича ёшлар ўртасида жаҳон чемпиони Ўзбекистон шарафини ҳимоя қиляпти + ФОТО 0 14:53Муроджон Аҳмадалиев кейинги жангини қачон ўтказиши маълум қилинди 0 14:28Шарифа Давронова АҚШ талабалар чемпионатида кумуш медални қўлга киритди (+ВИДЕО) 0 13:59ФИФА президенти Эрон кийим алиштириш хонасига кириб, нималар деди? 0 13:26Оқ уйдаги UFC турнири жангчиларининг қанча гонорар ишлаб олгани маълум бўлди 0 12:57"UzChess Cup" турниридан ким қанча мукофот пули ишлаб олди? (+ФОТО) 0 12:24"У Россияга боришни хоҳлаяпти, аммо қўрқяпти". Царукян — Жейк Пол ҳақида гапирди 0 11:55Неймар Бразилия терма жамоасининг ЖЧ-2026`даги иккинчи ўйинини ҳам ўтказиб юборади юборадими? 0

27 sen 14:09
Yangiliklar

Boks/MMA

Sardor Rahimov boks bo'yicha JCHdagi hakamlik, o'zbek bokschilarining natijasi va musobaqadagi muhit haqida

"Sport TV" sharhlovchisi Sardor Rahimov boks bo'yicha Ekaterinburgda o'tkazilgan jahon chempionati taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jahon chempionatidagi janglarni imkon qadar tomosha qilib bordim. Bu men ko'rgan jahon chempionatlari ichidagi eng qiziqlaridan biri bo'ldi. Holis hakamlik bo'yicha ham ushbu musobaqa o'zgacha taassurot qoldirdi. Faqatgina yarim finalda kubalik Estrada hamda britaniyalik MakGreyl, shuningdek chorak finalda rossiyalik bokschi Maksim Babanin va britaniyalik Freyzer Klar o'rtasidagi jangda rossiyalikka yon bosildi. Mezbonlar bu ishni qilmasalar kerak deb o'ylagandim. Yakunda Babanin protest orqali yarim finalga chiqdi. Ammo, Bahodir final ostonasida kechgan jangda Maksimga umuman imkon qoldirmadi. 

O'zbekistonlik bokschilar Elnur haqiqatdan ham mag'lub bo'ldi. Sanjar Tursunov esa hindistonlik raqibga qarshi jangda o'ziga haddan ziyod ishonib yubordi. U raqibga emas, ko'proq o'ziga o'zi yutqazdi desam adashmagan bo'laman. Uni kamida yarim finalgacha etib borishini kutgandim. 

Dilshod Ro'zmetov men uchun haqiqiy kashfiyot bo'ldi. Uni janglarini avval ham ko'rganman. Avvalgi Dilshod Ro'zmetov bilan ushbu jahon chempionatidagisi umuman boshqa boshqa bokschilardir. U yonidagi raqiblarini "sezmadi". Kuchli bokschilarga qarshi ajoyib janglar o'tkazdi. Vaholanki, unda xalqaro musobaqalar tajribasi deyarli yo'q. Finalda esa u juda kuchli bokschiga qarshi bahs olib bordi. 

SHahobiddin Zoirovdan har bir jangda katta ustunlik bilan g'alaba qozonishini kutgan edim. 

Bobousmon Baturov hujumkor bokschi hisoblanadi. Yarim finalda birinchi raundda biroz xatoga yo'l qo'ydi. Ushbu uslub o'sha jangda ish bermadi. SHu sababli ham u yutqazib qo'ydi. Bu borada etiroz bo'lishi kerak emas. 

Miraziz Mirzahalilov xalqaro musobaqalarda katta tajriba to'play olganini ko'rdik. Uning o'z ichki dunyosi bor. U o'z imkoniyatlarini ishga soldi va nimalarga qodir ekanligini isbotladi. 

Bahodir Jalolovga ushbu musobaqadagi yagona jiddiy raqib Qamshibek Konkabaev edi. Bahodirning jismoniy holati meni juda xursand qildi. Odatda u bunday musobaqalarga uchinchi raundda tezligi ancha pasayib, raqibga imkoniyat yaratib berardi. Ammo, oldingilarga nisbatan bu borada Bahodirda o'sish katta. U o'z texnikasini yuqori tezlikda amalga oshirdi. 

Musobaqa muhiti haqida gapiradigan bo'lsam, bunday jahon chempionatida anshlag kuzatilishi lozim edi. Ammo, chempionat davomida bo'sh o'rindiqlar juda ko'p edi. Qatar yoki boksdagi boshqa ekzotik mamlakatlar bo'lganida buni tushunardim. Ammo, boks Rossiyada ommaviy sport turlaridan hisoblanadi. Yarim finalga qadar o'zbekistonlik muxlislardan boshqa xech kim sezilmadi. Bu albatta biz uchun ijobiy jihat, biroq jahon chempionati uchun yaxshi emas. Lekin, shaxsan men uchun tashkiliy jihatlar yuqori darajada bo'ldi deyishim mumkin", - dedi Sardor Rahimov.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing