23 apr 16:03
Yangiliklar

Saudiya Arabistoni, BAA va Qatar 2035 yilgi jahon kubogi mezbonligi uchun ariza berishi mumkin
Bu haqda Saudiya Arabistonining sport vaziri Abdul Aziz ibn Turki as-Saud malum qildi:
"Biz regbiga qiziqamiz, bu sport turini mahalliy darajada rivojlantirishdan manfaatdormiz. Nimalarga qodir ekanimizni ko'rish uchun federaciya tuzdik.
Menimcha, hozircha jahon chempionatini o'tkazish darajasiga etmadik. Lekin 2035 yilgacha hali 10 yil bor, ehtimol, rivojlanamiz. Qiziqish katta. Nima uchun harakat qilmasligimiz kerak?
Ko'pmillatli loyiha yangi namuna va muvaffaqiyatli tarixga aylanishi mumkin. BAA, Qatar, Saudiya Arabistoni — nega bo'lmasin? Stadionlar tayyor. Bu tarixdagi eng muvaffaqiyatli regbi musobaqasi bo'ladi", — dedi u.
Malumot uchun, 2027 yilgi regbi bo'yicha Jahon kubogi Avstraliyada, 2031 yilgi esa AQSHda o'tadi.
Fikrlar