So’nggi yangiliklar

19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0

17 mar 20:18
Yangiliklar

Kurash

Saudiya Arabistonida O'zbek kurashi bo'yicha xalqaro turnir tashkil etildi

Turnirda 20 dan ortiq davlatdan polvonlar mutlaq vaznda g'oliblikni qo'lga kiritish uchun gilamga tushdi.

O'zbekiston sharafini jahon va Osiyo chempioni, Indoneziyada o'tgan Osiyo o'yinlari g'olibi Muhsin Hisomiddinov himoya qildi. 

Xalqaro musobaqa Podshoh Abdulaziz nomidagi “Tuyalar festivali” (King Abdulaziz Camel Festival) dasturiga birinchi marta kiritilgan “Ko'chmanchilar olami” (Nomad Universe) xalqaro etnofestivali doirasida o'tkazildi.

Festival mamlakat poytaxti Ar-Riyod shahridan 120 kilometr uzoqlikdagi cho'l hududida joylashgan Al-Sayohid qishlog'ida tashkil etilgan. Bu qishloq yuz yillar davomida Arabiston yarim orolining turli nuqtalaridan yo'lga chiqqan tuya karvonlari uchrashadigan tarixiy hudud hisoblanadi.

“Tuyalar festivali” bir oy davom etadi. Bu erga har kuni 25-30 ming tomoshabin kelmoqda. “Ko'chmanchilar olami” xalqaro festivali esa 9-19 mart kunlari o'tkazilmoqda. Etnofestival turli xalqlar va millatlarning betakror ananalari namoyish etiladigan yirik anjuman, deb baholanyapti. Bu erda kurash va yakkakurash turlari, ananaviy intellektual o'yinlar bo'yicha musobaqalar, kamondan o'q uzish, qushlar bilan ov qilish, uloq va boshqa turdagi milliy qadriyatlar bo'yicha ko'rgazmali chiqishlar tashkil etilmoqda.

Kurash bo'yicha turnir festival mehmonlarida katta qiziqish uyg'otgan musobaqalardan biri bo'ldi.

- Kurash bo'yicha musobaqa festivalimizga o'zgacha ruh bag'ishladi, - deydi, Jahon etnoo'yinlar konfederaciyasi prezidenti Asxat Akibaev. – Unda 20 dan ortiq davlat vakillari qatnashgani ushbu sport turining obro'si xalqaro ko'lamda salmoqli ekanidan dalolat bermoqda.

- 2018 yil Indoneziyada tashkil etilgan Osiyo o'yinlari doirasida kurash bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tgach, dunyoda, xususan, Osiyo mamlakatlarida ushbu sport turiga bo'lgan qiziqish yanada oshdi, - deydi Osiyo va Okeaniya kurash konfederaciyasi vice-prezidenti Mirzaquli Qurbonov (Turkmaniston). – Endi tashkil etilayotgan har bir musobaqani dunyo polvonlari malaka va mahorat oshirish uchun qulay imkoniyat, deb bilmoqda.

- Mo'g'uliston bir marta kurash bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilganidan faxrlanamiz, - deb o'z fikrlarini bildirdi Mongoliya kurash federaciyasi prezidenti Begz Ganbatar. – Bugun bizning mamlakatimizda kurash bo'yicha o'nlab to'garaklar faoliyat yuritmoqda. Ishonchimiz komilki, ularda bo'lajak jahon va Osiyo chempionlari, Osiyo o'yinlari g'oliblari tarbiyalanmoqda. Bugungi musobaqada ham eng kuchli kurashchilarimizdan biri - Serik Beryedmurat munosib qatnashib, uchinchi o'rinni egalladi.

Ishqibozlarning qizg'in hayqiriqlari ostida o'tgan bellashuvlarda dunyoning turli mamlakatlari polvonlari kurash sirlarini puxta o'rganib, g'oliblikni qo'lga kiritishga intilayotganini ko'rsatdi. Kurash Vatani – O'zbekiston vakiliga Mo'g'uliston, Qirg'iziston, Bolgariya, Kongo, Uganda, AQSH kabi davlatlarning sportchilari kuchli raqobat ko'rsatdi.

Asosiy bellashuv – finalda Muhsin Hisomiddinov va turkmanistonlik Gilich Jumaev g'oliblik uchun kuch sinashdi. Unda bugun jahon reytingida peshqadamlik qilayotgan o'zbekistonlik polvonning qo'li baland keldi.

- Men Muhsin polvonni g'oliblik bilan tabrikladim va, shuningdek, endi musobaqalarda o'zbekistonlik kurashchilarga oson bo'lmasligini ham aytdim, - deydi Gilich polvon. – CHunki dunyoda kurashga mehr qo'ygan va uning sirlarini o'rganib, mahoratini oshirib borayotgan polvonlar safi kengayib bormoqda. Xitoyda 2022 yil bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarida kurashchilar 15 vazn toifasida va jamoalar o'rtasidagi bellashuvlarda gilamga tushishi qitamiz polvonlari uchun xushxabar bo'ldi va xursand qildi.

“Tuyalar festivali” doirasida kurash bo'yicha xalqaro turnirning tashkil etilishi o'zbek xalqining bebaho qadriyatiga bo'lgan xalqaro qiziqishning yanada oshayotganidan dalolatdir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing