21 jan 12:02
Yangiliklar
Futbol
"Saudiya ertagi" yakunlandi deb o'ylaganmidingiz? Ikki milliard funt fikringizni o'zgartira olsa kerak?
Saudiya professional futbol ligasi yozgi transferlar oynasi vaqtida ikki milliard funt sterling sarflashga tayyorlanmoqda.
Malumotlarga ko'ra, gap chempionatning umumiy sarflamoqchi bo'lgan summasi haqida ketmoqda va unga transfer uchun to'lanadigan pul, oylik maosh va agentlarning ulushi kiradi.
Mahalliy klublar o'z tarkibiga qo'shib olmqochi bo'lgan futbolchilar qatorida "Manchester Siti" Kevin etakchisi De Bryuyne va "Liverpul" azosi Muhammad Salohni ko'rish mumkin. Belgiyalik futbolchiga "Al Nasr" va "Al Hilol" ko'z tikkan bo'lsa, "Al Ittixod" misrlikdan umidini uzmagan.
Bundan tashqari Stiven Jerrard boshchiligidagi "Al Ittifoq" "Liverpul"dan Tyago Alkantarani ko'z ostiga olib qo'ygan bo'lsa, yana o'sha "Al Hilol" va "Al Ahli" Son Xyon Min hamda Viktor Osimxenni Premer-Ligaga olib kelishni ko'zlashgan.
Havola :
Fikrlar