24 fev 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares birinchi o'rta vazndagi chempionlik kamaridan voz kechdi
Saul “Kanelo” Alvares (48-1-1, 34 KO) o'ziga tegishli bo'lgan birinchi o'rta vazn toifasidagi WBO chempionlik kamaridani voz kechdi.
Buning natijasida meksikalik bokschining chempionlik kamari vakant bo'lib qoldi. Alvares bitta yuqori vazn toifasiga o'tishga qaror qilgan. Saul Xulio Sezar CHaves (50-2-1, 32 KO) bilan bo'lib o'tadigan jangidan keyin o'rta vaznga ko'tariladi.
Takidlash joiz, aynan o'rta vazn toifasida qozog'istonlik engilmas bokschi, nokautchi Gennadiy Golovkin (36-0, 33 KO) hukmronlik qilyapti. Kanelo va Golovkin o'rtasidagi shu yilning sentyabr oyida o'tkazilishi kutilyapti.
Eslatib o'tamiz, Saul
Alvares va Xulio Sezar CHaves o'rtasidagi jang 6 may kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas
shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : boxingscene.com
Fikrlar