06 mar 08:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares dopingga tushib qoldi, Golovkinga qarshi revansh jangi o'tkazilmasligi mumkin
Meksikalik Saul “Kanelo” Alvares hamda o'rta vaznda WBC, WBA, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkin o'rtasidagi revansh jangi o'tkazilamasligi mumkin.
Malumotda keltirilishicha, Alvaresning doping tekshiruvdan o'ta olmagan. Meksikalik bokschining qon tarkibida taqiqlangan klenbuterol moddasi borligi aniqlandi. Bu modda yordamida tanadagi yog'ni tezroq eritish va muskullarni to'yintirish mumkin.
Alvares azo bo'lgan Golden Boy promouterlik kompaniyasi rasmiylari bokschining organizmiga bu modda zaharlangan go'sht orqali tushib qolganini aytishmoqda. Golovkin va Alvares o'rtasidagi revansh jangi 5 may kuni Las-Vegas shahrida o'tkazilishi belgilab qo'yilgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar