15 dek 09:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares engil chiqdi, ertaga birlashtiruvchi chempionlik jangi!
Bizining vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nyu-York shahrida professional boks kechasi o'tkaziladi.
Oqshomning markaziy jangi birlashtiruvchi chempionlik maqomida bo'lib, unda o'rta vazn toifasida ikki yo'nalish chempioni meksikalik Saul “Kanelo” Alvares ikkinchi o'rta vaznda WBA chempioni Rokki Fildingga qarshi ringga ko'tariladi.
Bugun tongda ertangi jang oldidan bokschilar ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Britaniyalik jahon chempioni Alvaresdan 10 santimetrga balandroq, 100 grammga esa og'irroq chiqdi.
Saul Alvares – 75,93 kg
Rokki Filding – 76,02 kg
Alvares - Filding chempionlik jangi Madison Square Garden arenasida bo'lib o'tadi. Agar Saul Alvares jangda g'alaba qozonsa, u holda uchta vazn toifasida jahon chempioniga aylanadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar