05 mar 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares “etiborli” WBC chempioni maqomini oladi
Professional boksning o'rta vazn toifasida ikki yo'nalish chempioni bo'lib turgan Saul “Kanelo” Alvares o'ziga xos maqomdagi WBC chempioniga aylanadi.
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) prezidenti Maurisio Suleyman aynan shunday taklif bilan chiqdi. Meksikalik bokschi barcha vazn WBC chempionlari orasida alohida maqomga ega bo'ladi. Hozircha WBC prezidenti vada qilgan maqom qanday ekanligi malum emas.
“Saul Alvares barcha qiyinchiliklarni hamda bosqichlarni bosib o'tgan bokschi hisoblanadi. Uning boshqa chempionlarimizdan ajralib turadigan jihati ko'p. SHu bois ham uning maqomi yuqoriroq bo'lishi kerak”, - dedi Suleyman.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvares 4 may kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida ushbu vazn toifasida IBF chempioni bo'lib tugan amerikalik Daniel Jeykobsga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar