28 noy 15:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares Golovkin bilan uchinchi jangga rozilik berdi
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBC va WBA yo'nalishlari chempioni Saul “Kanelo” Alvares qozog'istonlik sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkinga qarshi uchinchi jangga rozilik berdi.
Meksikalik bokschi bu qarorini o'z intervyusida ham tasdiqladi. Alvares 15 dekabr kuni ikkinchi o'rta vazn toifasida WBA Regular chempioni Rokki Fildingaga qarshi ringga ko'tariladi. Kanelo aynan mana shu jangdan so'ng Golovkin bilan muzokaralarni boshlaydi.
“Men uchinchi jangning o'tkazilishiga rozilik berdim. Yani, qaror qabul qilib bo'ldim. Endi hamma gap Golovkinning o'zida qoldi. Men uchinchi jangga tayyorman”, - dedi Saul.
Malumot uchun, bu ikki bokschi o'rtasidagi ilk jangda durang natija qayd etilgan edi. Revansh jangida esa Saul Alvares ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, Golovkinning barcha chempionlik kamarlarini tortib olgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar