09 fev 13:01
Yangiliklar

Saul Alvares ikki vazndagi WBA kamarlarini o'zida saqlab qoldi
Butunjahon boks associaciyasi (WBA) Saul “Kanelo” Alvaresga o'rta va ikkinchi o'rta vazn toifalaridagi ushbu yo'nalish chempionlik kamarlarini o'zida saqlab qolish uchun ruxsat berdi.
O'z vaqtida Floyd Meyvezer ham 2013-2015 yillar oralig'ida yarim o'rta vazn toifasida to'rtta jang o'tkazgan, lekin shuning barobarida birinchi o'rta vazndagi WBA chempionlik kamarini o'zida saqlab qolgan. WBA tashkiloti aynan Meyvezerdan kelib chiqib, Alvaresga ham shunday imkoniyat yaratib berdi.
Meksikalik bokschi o'rta vazndagi WBA chempionlik kamarini o'tgan yilning sentyabr oyida qozog'istonlik Gennadiy Golovkinni mag'lub etgach qo'lga kiritgandi. Dekabr oyida esa u ikkinchi o'rta vaznda Rokki Fildingadan WBA Regular kamarini tortib oldi.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvares keyingi jangini IBF chempioni amerikalik Deniel Jeykobsga qarshi o'tkazadi. Bu bahs birlashtiruvchi chempionlik jangi maqomida bo'ladi.
Fikrlar