04 mar 15:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares: Jeykobs hech qachon men kabi kuchlilar bilan jang o'tkazmagan
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBC va WBA yo'nalishlari chempioni Saul Alvares IBF chempioni Deniel Jeykobsga qarshi o'tkazadigan jangi xususida yana bir bor to'xtalib o'tdi.
“4 may kunini intizorlik bilan kutyapman. Jang og'ir va murakkab kechadi. Tayyorgarlik ham shunga yarasha bo'lyapti. Lekin bir narsani tan olish kerak, Jeykobs hech qachon meng kabi kuchli bokschilar bilan jang o'tkazmagan.
Lekin men uni o'zim uchun munosib raqib deb hisoblayman. Deniel kuchli reakciyaga ega bokschi. Hujum paytida ko'p harakat qiladi. Asosiy quroli ham shu”, - dedi Kanelo.
Eslatib o'tamiz, o'rta vazn toifasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangi 4 may kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar