04 may 16:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares Jeykobsdan salkam uch baravar ko'p gonarar oladi
Ertaga Las-Vegas shahrida super to'qnashuv tashkil etiladi.
Kechaning markaziy jangida Saul «Kanelo» Alvares va Deniel Jeykobs ringga ko'tariladi. Bugun ikki bokschi uchun kafolatlangan gonararlar malum bo'ldi. Buning ko'ra, ertangi jang uchun WBA va WBC kamari sohibi Alvares 35 million AQSH dollarga ega bo'ladi. Uning raqibi IBF kamari soxibi Deniel esa undan salkam uch baravar kam miqdordagi mablag' - 12,5 million AQSH dollarga ega bo'ladi.
Malumot uchun, «Kanelo» faoliyatida 51 bor g'alaba qozonib, ikki bor mag'lub bo'lgan. Jeykobs hisobida esa 35 g'alaba va ikki mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar