02 may 19:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares: "Men tarixga o'z nomimni yozishda davom etmoqchiman"
Las-Vegas shahrida Saul Alvares va Deniel Jeykobs o'rtasidagi jang munosabati bilan so'nggi matbuot anjumani tashkil qilindi.
Tadbirda WBA va WBC chempioni Saul Alvares bo'lajak jang haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«SHanba kuni bo'ladigan jangga doimgdek tayyorgarlik ko'rdim. Men tarixga o'z nomimni yozishda davom etmoqchiman. Har xil uslubdagi bokschilar bilan jang qildim. SHanba kuni nima bo'lsa ham, u men uchun munosib raqib. Kechada barcha narsa bo'lishi mumkin, hatto nokaut ham. Agar imkoni bo'lsa, men uni nokaut qilaman. Bu uchun menda barcha hislatlar bor»,-dedi meksikalik chempion matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar