01 okt 17:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Saul Alvares oktyabr oyida WBC chempionlik kamari uchun jang qiladi
Boks bo'yicha sobiq mutlaq jahon chempioni, meksikalik Saul "Kanelo" Alvares navbatdagi jangini 31 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o'tkazadi.
Uning raqibi francuz-kamerunlik bokschi Kristian Mbilli bo'ladi. Jangda WBC yo'nalishidagi 76,2 kg vazn toifasidagi jahon chempionlik kamari o'rtaga qo'yiladi.
Dastlab Alvares va Mbilli 12 sentyabr kuni ringga chiqishi rejalashtirilgan edi. Biroq oilaviy sabablar tufayli Alvaresning tayyorgarlik yig'ini kechikdi va jang boshqa sanaga ko'chirildi.
Havola :
Manba : WBC
Fikrlar