30 noy 13:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares uchta vazn toifasida chempion bo'lmoqchi
Boks bo'yicha o'rta vazn chempioni Saul Alvares ikkinchi o'rtavazn chempioni Rokki Fldringga qarshi jang qilib, uchta vazn toifasida chempion bo'lmoqchi ekanligini aytdi.
"Filding - kuchli jangchi. Uning qo'llari uzun, bo'yi baland. Jamoam unga qarshi bahsda kutilmagan syurprizlardan qochish uchun barcha ishni qiladi. To'g'ri, men ham yaxshi bokschiman, tajribam ham bor. Ammo, boshqa vazn toifasidagi jahon chempioniga qarshi jang qilayotganimda men tavakkal qilayotgan bo'laman.
Men tarixga kirishni istayman. Uchta vazn toifasida chempion bo'lgan bokschilar qatorida qayd etishsin. Aynan shuning uchun ham ushbu jangga rozi bo'ldim", - dedi Alvares.
Eslatib o'tamiz, Kanelo 15 dekabr kuni Nyu-Yorkda britaniyalik Rokki Fildingga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar