28 fev 12:52
Yangiliklar

Saul Alvares va Deniel Jeykobs Nyu-Yorkda!
Aniqrog'i, jahon chempionlari Nyu-York shahrida belgilangan uchta matbuot anjumanining dastlabkisida ishtirok etishdi. Birlashtiruvchi chempionlik jangi 4 may kuni bo'lib o'tadi.
"Men hamisha jiddiy chorlovlarni kutganman. Jeykobs bilan jang ham bundan mustasno emas. Denielning mahorati, jang olib borish uslubi, katta tajribasidan boxabarmiz. Tayyorgarlik ham shunga monand tarzda olib borilyapti. Hamma narsa bo'lishi mumkin. Nokaut evaziga g'alaba qozonmoqchiman. SHunday bo'lsa-da, 12 raundlik jangga hozirlik ko'ryapman", - dedi Alvares.
"Sen haqiqiy chempionsan! Buni boshqa yo'nalish chempioni bilan jang qilishga rozi bo'lganing ham ko'rsatib turibdi. Men hech narsaga osonlik bilan erishmaganman. O'ta murakkab yo'lni bosib o'tdim. 4 may kuni meni yana bir sinov kutib turibdi. SHu kuni eng katta orzuim ro'yobga chiqadi: men uchta yo'nalish chempioni bo'laman", - Jeykobs.
Fikrlar