04 may 10:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares va Deniel Jeykobs tarozida urishib ketishdi
Bizning vaqt bilan ertaga tongda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida kutilgan professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangi o'rta vazn toifasida o'tkaziladi va unda WBA va WBC yo'nalishlari chempioni Saul “Kanelo” Alvares hamda IBF chempioni Deniel Jeykobs o'zaro ringga ko'tariladi.
Bugun jahon chempionlari ananaga muvofiq tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Meksikalik chempion 159,5 funt (72,3 kg), amerikalik Jeykobs esa roppa-rosa 160 funt (72,6 kg) tosh bosdi.
SHundan so'ng bokschilar ananaviy ko'z urishtirish marosimida qatnashishdi. Aynan ushbu vaziyatda jahon chempionlarining mushtlashib ketishiga bir bahya qoldi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar