20 sen 09:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvaresning jarohati 10 dekabrda jang o'tkazishiga halal bermaydi
Professional boksning o'rta va birinchi yarim o'rta vazn toifasida jahon chempioni Saul “Kanelo” Alvares qo'lidan jarohat olgan edi.
Liam Smitga qarshi o'tkazilgan jangda orttirib olingan bu jarohat jiddiy bo'lib chiqmadi. Alvares o'zining 10 dekabrga belgilangan jangida ishtirok eta oladi.
Hozircha raqib nomi malum emas. Lekin katta ehtimol bilan meksikalik bokschi kanadalik David Leme, amerikalik Kertis Stivens yoki o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni angliyalik Billi Jo Sondersga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar