26 dek 15:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvaresning navbatdagi jang sanasi va raqibi malum
Ikki vazn toifasida jahon chempioni bo'lib turgan Saul “Kanelo” Alvaresning navbatdagi jang sanasi va manzili aniq bo'ldi.
Meksikalik jahon chempioni 4 may kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida ringga ko'tariladi. Saul Alvaresning jamoasi T-Mobile Arena saroyini aynan 4 may kuniga “bron” qilib qo'ydi.
Kelayotgan haftada Alvaresning promouterlari o'rta vazn toifasida IBF chempioni amerikalik Deniel Jeykobsning jamoasi bilan muzokara boshlaydi. Jeykobsning o'zi ham bu jangga rozilik bergan. Amerikalik jahon chempionining promouteri Eddi Xirn bu malumotni tasdiqladi.
Havola :
Fikrlar