03 dek 17:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvaresning qachon ringga qaytishi malum bo'ldi
Uchta vazn toifasida jahon chempioni Saul Alvaresning qachon ringga qaytishi malum qilindi.
Bu haqida uning murabbiyi Eddi Reynoso xabar qildi.
«Biz o'rta yoki ikkinchi o'rta vazn toifasida jang qilmoqchimiz. Saul uchun ko'plab raqiblar bor: Kallum Smit, Jon Rayder, Billi Jon Sonders. Alvares avvalgi holatiga tushib olishiga vaqt etarli. U may oyida jang qiladi»,-dedi Eddi.
Avvalroq, Alvares Golovkinga qarshi uchinchi jangda ishtirok etish niyati yo'q ekanligini aytib o'tgandi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar