30 iyu 19:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Sentyabrda Usikni nokaut qilaman
Superog'ir vazn bokschisi Karlos Takam birinchi og'ir vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempioni Aleksandr Usikni nokaut qilish niyatida ekanligini aytdi.
«Men Usikka qarshi sentyabrda jang qilmoqchiman. Lekin, jang qaerda bo'lishini hali hamon bilmayman. Usikni kutishdan charchadim, uni tezroq jarohatidan qutilib, menga qarshi jang qilishini istayman. Men uni nokaut qilaman»,-dedi Takam.
Eslatib o'tamiz, Takam-Usik jangi 25 mayda bo'lib o'tishi lozim edi. Lekin ukrainalik bokschining kutilmaganda olgan jarohati jang qoldirilishiga sabab bo'lgan.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar