14 may 18:13
Yangiliklar
Tennis
Sergey Fomin 1/4 final masalasini 57 daqiqada hal qildi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin Gruziyaning Kutaisi shahrida o'tkazilayotgan M25 toifasiga kiruvchi turnirda muvaffaqiyatli odimlamoqda.
Hamyurtimiz musobaqaning 1/8 finalida oson g'alabaga erishdi. Turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan Fomin 57 daqiqa davom etgan bahsda gruziyalik Nika Bidzinashvilini 6/4, 6/0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Taqqoslash uchun, Sergey ayni paytda ATP reytingda 290-o'rinni egallab turibdi. Bidzinashvilining esa hali reytingi yo'q. Endi Fomin 1/4 finalda italiyalik Aleksandr Bindaga qarshi kortga chiqadi. Binda ATP reytingida 451-pog'onada bormoqda.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar