07 noy 11:32
Yangiliklar
Tennis
Sergey Fomin Bahrayn turnirida 1/4 final ishtirokchisiga aylandi
Bahrayn poytaxti Manama shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
O'tgan hafta Xitoydagi turnirda chempion bo'lgan hamyurtimiz Sergey Fomin endi G'arbiy Osiyoni zabt etishga kirishdi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 1/16 finalda ruminiyalik Vladislav Melnikni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratgandi - 7/6(5), 6/4.
Fomin 1/8 finalda ATP reytingining 865-pog'onasida borayotgan rossiyalik 18 yoshli Timofey Derepaskoni 3/6, 6/4, 6/2 hisobida taslim etdi. Bugun Sergey 1/4 finalda ispaniyalik Ivan Kurbelo Marreroga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ATP reytingida 460, Ivan Marrero 621-pog'onadan joy olgan. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 14:00da boshlanadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar