06 noy 07:02
Yangiliklar
Tennis
Sergey Fomin Bahrayn turniridagi yurishini boshladi
Bahrayn poytaxti Manama shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
O'tgan hafta Xitoydagi turnirda chempion bo'lgan hamyurtimiz Sergey Fomin endi G'arbiy Osiyoni zabt etishga kirishdi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 1/16 finalda ruminiyalik Vladislav Melnikni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(5), 6/4.
Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 460, Melnik 2147-pog'onadan joy olgan. Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan Fomin 1/8 finalda rossiyalik 18 yoshli Timofey Derepaskoga qarshi kortga chiqadi. Reytingning 865-pog'onasida borayotgan Derepasko ilk davrada germaniyalik Kirin Veberni yanchib tashladi - 6/0, 6/0.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar