15 noy 13:00
Yangiliklar
Sergey Fomin Bahrayndagi turnirda 1/2 finalga chiqdi
Unda hamyurtimiz Sergey Fomin ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi musobaqaning yarim final ishtirokchisiga aylandi. Turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan Fomin 2 soatu 23 daqiqa davom etgan 1/4 finalda germaniyalik Nino Exrenshneyderni qiyinchilik bilan uch set natijasiga ko'ra taslim etdi - 7/6(2), 1/6, 6/0.
Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 404, turnirda sakkizinchi raqam ostida harakat qilgan Exrenshneyder 585-pog'onadan joy olgan. Bugun hamyurtimiz final chiptasi uchun yana bir germaniyalik tennischi Maksimilyan Xombergga qarshi kortga chiqadi. Xomberg reytingda 959-pog'onadan joy olgan. Fomin - Xomberg uchrashuvi bizning vaqt bilan soat 16:00da boshlanadi.

Fikrlar