13 noy 18:09
Yangiliklar
Tennis
Sergey Fomin Bahrayndagi turnirda 1/4 finalga yo'l oldi
Bahrayn poytaxti Manama shahrida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Unda hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z mahoratini namoyish etyapti. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi biroz avval musobaqaning chorak final ishtirokchisiga aylandi. Turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan Fomin 63 daqiqa davom etgan 1/8 finalda ruminiyalik Vladislav Melnikni ortiqcha qiyinchiliksiz taslim etdi - 6/1, 6/2.
Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 404, Melnik esa 2159-pog'onadan joy olgan. Ertaga vakilimiz chorak finalda germaniyalik Nino Exrenshneyderga qarshi kortga chiqadi. Nino reytingning 585-pog'onasidan joy olgan.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar