10 noy 17:32
Yangiliklar
Tennis
Sergey Fomin Bahrayndagi turnirda vice-chempion bo'ldi + FOTO
Bahrayn poytaxti Manama shahrida ITF M15 toifasidagi xalqaro tennis turniri bo'lib o'tdi.
O'zbekistonlik tennischi Sergey Fomin mazkur musobaqaning juftlik bahslarida finalga chiqdi. Fomin neytral maqomdagi tennischi Danil Golubev bilan birga irodali "kambek" amalga oshirdi. Yarim finalda ular neytral maqomdagi Timofey Derepasko va italiyalik Lorenzo Lorusso duetini irodali o'yinda mag'lub etishdi.
Sergey va Danil bosh sovrin uchun finalda ispan Ivan Marrero va latviyalik Karlis Ozolins juftligiga qarshi kortga chiqdi. Fomin va Golubev g'alabaga bir qadam qolganda raqiblariga 7–6, 2–6, 8–10 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Yakkalik bahslarida esa O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin ispaniyalik Ivan Marrero Kurbeloga 2–6, 2–6 hisobida mag'lub bo'ldi.

Havola :
Manba : t.me/utfuz
Fikrlar