12 iyu 07:42
Yangiliklar
Tennis

Sergey Fomin birinchi raketkaga qarshi uch setlik o'yin o'tkazdi
Germaniyaning Kessel shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Musobaqada Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'rayotgandi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 1/8 finalda italiyalik Yannis Miletich ustidan irodali g'alabaga erishgandi - 2/6, 6/3, 6/4.
Afsuski, hamyurtimiz 1/4 finalda turnirning birinchi raketkasi, ispaniyalik Karlos Sanchesga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ikki soatu 24 daqiqa davom etgan uch setlik bahsda Fomin 6/3, 3/6, 4/6 hisoblarida yutqazdi.
Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 442, Sanches 273-pog'onadan joy olgan. Bu tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. Ikki yil oldin Turkiyadagi turnirda ham Sanches uch set natijasiga ko'ra zafar quchgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar