02 noy 08:30
Yangiliklar
Tennis
Sergey Fomin Cyandaoxu turniri chempioni!
Hozirgina Xitoyning Cyandaoxu shahrida tennis bo'yicha ITF M25 toifasiga kiruvchi turnir o'z yakuniga etdi.
Quvonarlisi, musobaqa bosh sovrini hamyurtimiz Sergey Fominga nasib qildi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi hal qiluvchi final uchrashuvida neytral maqomdagi asli belaruslik tennischi Mikalay Xalyakni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi. Bir soatu 22 daqiqa davom etgan final bahsida Fomin 6/2, 6/1 hisobida zafar quchdi.
Turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan Fomin 1/2 finalda musobaqaning birinchi raketkasini shov-shuvli tarzda mag'lub etgandi. Sergey ayni damda ATP reytingida 463, 27 yoshli Xalyak esa 863-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.


Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar