31 okt 09:50
        Yangiliklar	
	 
				Sergey Fomin dramatik bahsda 0/6 hisobidagi mag'lubiyatni g'alabaga aylantirdi
Unda mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Biroz avval hamyurtimiz dramatik kechgan va 2 soatu 36 daqiqa davom etgan 1/4 final uchrashuvini g'alaba bilan yakunladi. Turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan Fomin musobaqaning sakkizinchi raketkasi, malayziyalik Mitsuki Vey Kang Leong ustidan irodali g'alabaga erishdi. Birinchi setni 0/6 hisobida boy bergan Sergey o'yinga qayta oldi - 6/2, 7/6(3).
Malumot uchun, Fomin ayni damda ATP reytingida 463, Leong esa 777-o'rinni egallab turibdi. Ertaga hamyurtimiz 1/2 finalda turnirning birinchi raketkasi, xitoylik San Fay Jingga qarshi kortga chiqadi. CHin yurti vakili dunyoning 251-raketkasi bo'lib turibdi va bugun u 1/4 finalda turnirning oltinchi raketkasi, yaponiyalik Hayato Macuokani 3/6, 6/2, 6/0 hisobida mag'lub etdi. Final chiptasi uchun kechadigan Fomin - San uchrashuvi ertaga bizning vaqt bilan soat 07:00`da boshlanadi.

 
			
Fikrlar