17 noy 08:34
Yangiliklar
Tennis
Sergey Fomin kambek evaziga Bahrayn turniri chempioniga aylandi
Bir hafta davomida Bahrayn poytaxti Manama shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir o'z yakuniga etdi.
Unda muvaffaqiyatli ishtirok etgan hamyurtimiz Sergey Fomin yakunda bosh sovrin sohibiga aylandi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi hal qiluvchi final uchrashuvida polshalik Olaf Peshkovskiga qarshi kortga chiqdi. Sergey turnirda to'rtinchi, Olaf esa beshinchi raqam ostida tasniflangan edi.
Ikki soatu 35 daqiqa davom etgan dramatik final uchrashuvida Fomin ajoyib kambek amalga oshira oldi. Birinchi setni qarshiliksiz boy bergan hamyurtimiz o'zida iroda topa oldi va uch set natijasiga ko'ra g'alaba qozondi - 1/6, 6/4, 6/3.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin final oldidan ATP reytingida 405, Olaf Peshkovski 517-pog'onadan joy olgandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar