11 iyu 10:08
Yangiliklar

Sergey Fomin Kessel turnirida 1/4 finalga chiqdi
Musobaqada Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'ryapti. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 1/8 finalda italiyalik Yannis Miletich ustidan irodali g'alabaga erishdi. Birinchi setni boy bergan hamyurtimiz yakunda g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi - 2/6, 6/3, 6/4.
Tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi 2 soatu 17 daqiqa davom etgan. Bugun Fominni jiddiy sinov kutib turibdi. U 1/4 finalda turnirning birinchi raketkasi, ispaniyalik Karlos Sanchesga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi.
Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 442, Sanches 273-pog'onadan joy olgan. Tennischilarning o'zaro bir marotaba to'qnash kelishgan. Ikki yil oldin Turkiyadagi turnirda Sanches uch set natijasiga ko'ra zafar quchgandi.
Fikrlar