09 iyu 13:41
Yangiliklar
Tennis

Sergey Fomin Kesseldagi ishtirokini boshladi
Germaniyaning Kessel shahrida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'ryapti. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ilk davrada turnirning oltinchi raketkasi, mezbonlar vakili Xenri Skvirega qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 10 daqiqa davom etgan uchrashuvda hamyurtimiz 6/0, 4/6, 6/4 hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 442, Skvire esa 357-pog'onadan joy olgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Sergeyning 1/8 finaldagi raqibi kechroq aniqlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar