13 may 20:02
Yangiliklar
Tennis
Sergey Fomin Kutaisidagi yurishini boshladi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin Gruziyaning Kutaisi shahrida o'tkazilayotgan M25 toifasiga kiruvchi turnirda ishtirok etmoqda.
Hamyurtimiz musobaqaning ilk davrasida engil g'alabaga erishdi. Turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan Fomin 56 daqiqa davom etgan bahsda rossiyalik Mixail Kulyaginni 6/2, 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Sergey ayni paytda ATP reytingda 290-o'rinni egallab turibdi. Kulyaginning esa hali reytingi yo'q. Endi Fomin 1/8 finalda gruziyalik Nika Bidzinashviliga qarshi kortga chiqadi. Bu mezbon tennischi ham hali ATP reytingiga kiritilmagan.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar