27 jan 18:17
Yangiliklar
Sergey Fomin Manama Challenger 125 saralashi finalida uch setlik uchrashuv o'tkazdi
Musobaqaning saralash bahslarida hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'rdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi 1/2 finalda saralashga imtiyozli chipta asosida qo'yilgan, italiyalik reytingi yo'q tennischi Enriko Baldisserrini 6/1, 6/2 hisobida mag'lub etgandi.
Afsuski, Fomin saralashning asosiy to'rga yo'llanma beruvchi final uchrashuvida bolgariyalik Dimitar Kuzmanovga uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi. Birinchi setni osonlikcha o'z foydasiga hal qilgan hamyurtimiz yakunda mag'lubiyatga uchradi. Saralashda uchinchi raqam ostida saralangan, dunyoning 266-raketkasi bo'lib turgan Kuzmanov kambek amalga oshirdi - 1/6, 6/3, 6/1.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin saralash turnirida sakkizinchi raqam ostida tasniflangan bo'lib, ayni paytda ATP reytingida 338-pog'onadan joy olgan. Tennischimiz 2 soatu 2 daqiqa davom etgan bahs mobaynida 2, Kuzmanov 8 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Hamyurtimiz uchun bu turnir ham omadsiz yakunlandi.

Fikrlar