03 iyu 13:49
Yangiliklar
Tennis

Sergey Fomin Marburgda muvaffaqiyatli start oldi
Germaniyaning Marburg shahrida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Unda mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin ham ishtirok etyapti. Hamyurtimiz ilk davrada germaniyalik Tom Sikkenbergerga qarshi kortga chiqib, ortiqcha qiyinchiliksiz g'alaba qozondi - 6/3, 6/1.
Taqqoslash uchun, Fomin ayni paytda dunyoning 442-raketkasi bo'lib turibdi. Uning raqibi Tom esa hali ATP reytingiga kiritilmagan. Bugun tennischimiz 1/8 finalda turnirning ikkinchi raketkasi, shveycariyalik Remi Bertolaga qarshi bahs olib boradi. Bertola ATP reytingida 314-pog'onadan joy olgan bo'lib, birinchi bosqichda mezbonlar vakili Lasse Portnerdan 1/6, 6/3, 6/3 hisobida ustun kelgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar