06 jan 11:29
Yangiliklar
Sergey Fomin nihoyat beshinchi urinishda yapon raqibini yutdi
Hamyurtimiz Nontxaburi shahrida o'tayotgan Challenger 50 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 63 000 dollarga tashkil etuvchi turnirda o'z omadini sinab ko'rmoqda. Fomin biroz avval yakuniga etgan 1/16 final uchrashuvida qiyin g'alabani qo'lga kiritdi.
U yaponiyalik Renta Tokudani 2 soatu 26 daqiqa davom etgan bahsda 7/5, 3/6, 7/5 hisobida dog'da qoldirdi. Uchrashuvda Fomin 10, Tokuda esa 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Sergeyda ko'p bo'ldi - 6 ga 1. Fomin o'zaro beshinchi uchrashuvga kelibgina yaponiyalik raqibini mag'lub etishni uddaladi. Bundan avvalgi to'rtta uchrashuvda Tokudaning qo'li baland kelgandi.
Endi 24 yashar Sergeyga nimchorak final bosqichida franciyalik 22 yoshli Rober Bertrand raqiblik qiladi. Ayni damda Sergey Fomin ATP reytingida 340, Bertrand esa 302-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar