12 okt 09:23
Yangiliklar

Sergey Fomin Shenzhen 4 turnirida muvaffaqiyatli start oldi
Challenger 75 toifasiga kiruvchi turnirning mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Saralash bahslarida hamyuyurtimiz Sergey Fomin ham o'z mahoratini namoyish etmoqda. U saralashda beshinchi raqam ostida tasniflangan.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ilk davrada tailandlik Vishaya Trongcharoenchaykulga qarshi kortga chiqdi. Etmish olti daqiqa davom etgan uchrashuvda Fomin raqibini ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/3. Sergey bahs davomida 4, Vishaya esa 9 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 492, Trongcharoenchaykul esa 826-pog'onani band etgan. Ertaga tennischimiz saralashning 1/2 finalida amerikalik Evan CHjuga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar