13 okt 10:37
Yangiliklar

Sergey Fomin Shenzhen 4 turnirining asosiy to'riga yo'l oldi
Challenger 75 toifasiga kiruvchi turnirning mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Saralash bahslarida hamyuyurtimiz Sergey Fomin ham o'z mahoratini namoyish etayotgan edi. U saralashda beshinchi raqam ostida tasniflangan.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 1/2 finalda tailandlik Vishaya Trongcharoenchaykulni 6/3, 6/3 hisobida mag'lub etgandi. Biroz avval Fomin saralashning final uchrashuvida amerikalik Evan CHjudan ustun keldi - 6/3, 1/6, 6/3.
Bir soatu 50 daqiqa davom etgan bahsda Sergey 8, CHju 6 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar amerikalik tennischida ko'proq bo'ldi - 3 ga 2. Ushbu turnirning asosiy to'r bahslarida mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov ham ishtirok etadi.
Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 492, Trongcharoenchaykul 826, Evan CHju 578-pog'onadan joy olgan.
Fikrlar