So’nggi yangiliklar

12:20Уч спортчимиз Kazakhstan Junior Golf Invitational 2026 турнирида ғолиб ва совриндор бўлди 0 11:56Мераб Двалишвили ММА тарихидаги энг буюк жангчини айтди 0 11:29Макс Холлоуэй Ислам Махачевга қарши чемпионлик жанги учун тайёр! 0 11:01Мареска "Сити"нинг 18 йиллик рекордини янгилади 0 10:37Нурмагомедов UFC`даги икки асосий мақсадини маълум қилди 0 10:13Бугун Полина Кудерметова US Open 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0 09:44Расман! Рақамланган UFC 334 ва UFC 335 турнирлари тасдиқланди 0 09:18Ҳусанов "Борнмут"га қарши ўйинда неча баллга лойиқ кўрилди? 0 08:52UFC Fight Night 285 турнири жангчиларининг гонорарлари маълум - энг кўпи "Рицар"да! 0 08:28PFL турнирининг барча натижалари: "Киборг" Виейрага қарши, Рабаданов Ридерни нокаутга учратди 0 08:04Ўзбекистон — аралаш жамоавий баҳсларда Жаҳон чемпионати совриндори! 0 07:37Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Эльче"ни тор-мор этди 0 07:11Monterrey Open. "Ўзбекча финал"да бироз кутилмаган натижа қайд этилди 0 06:39Ўнта финиш қайд этилган UFC Fight Night 285 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0 20:20Монтеррейда ўзбек теннис дербисига гувоҳ бўламиз! 0

24 apr 15:22
Yangiliklar

Tennis

Sergey Fomin Shymkent Challenger bosh sovrini uchun o'ynaydi!

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin Qozog'istonning SHimkent shahrida o'tkazilayotgan Challenger 50 toifasiga kiruvchi turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan raqibini mag'lubiyatga uchratdi.

Mukofot jamg'armasi 63 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirda biroz avval 1/2 final uchrashuvlari o'tkazildi. Hamyurtimiz turnirning to'rtinchi raketkasi, Bosniya va Gercegoviniya vakili Andrey Nedichni irodali tarzda mag'lubiyatga uchratdi. Birinchi setni boy bergan Fomin yakunda kambek amalga oshira oldi - 4/6, 6/1, 6/4. 

Taqqoslash uchun, Fomin ayni paytda ATP reytingida 359, 21 yoshli Nedich 285-o'rinni egallab turibdi. Bir soatu 57 daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 1 tadan eys zarbasini amalga oshirdi. Sergey o'z geymlaridagi to'p uzatishlarda qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Andrey esa qo'shxatolar 3 tani tashkil qildi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. 

Ertaga Sergey Fomin musobaqa bosh sovrini uchun qozog'istonlik Timofey Skatovga qarshi kortga chiqadi. Turnirning birinchi raketkasi sifatida saralangan Skatov ayni paytda ATP reytingida 198-o'rinni egallab turibdi. U bugun 1/2 finalda turnirning oltinchi raketkasi, franciyalik Antuan Gibaudoni ortiqcha qiyinchiliksiz taslim etdi - 6/2, 6/2. Fomin - Skatov final uchrashuvi ertaga bizning vaqt bilan soat 13:00da boshlanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing