25 apr 16:18
Yangiliklar
Tennis
Sergey Fomin - Shymkent Challenger chempioni!
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin hozirgina Qozog'istonning SHimkent shahrida yakuniga etgan Challenger 50 toifasiga kiruvchi turnir g'olibiga aylandi.
Hamyurtimiz mukofot jamg'armasi 63 000 AQSH dollarini tashkil etgan turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida musobaqaning birinchi raketkasi, ayni paytda ATP reytingida 198-o'rinni egallab turgan qozog'istonlik Timofey Skatovni 6/3, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bir soatu 52 daqiqa davom etgan bahsda har ikki tennischi 4 tadan eys zarbasini amalga oshirdi. Dunyoning 359-raketasi bo'lib turgan Fomin bittagina qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Skatovda bu salbiy ko'rsatkich 6 tani tashkil qildi. Bu ikki qardosh tennischining o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi sifatida tarixga kirdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar