08 apr 08:39
Yangiliklar
Tennis
Sergey Fomin Xitoydagi "CHellenjer" turnirini g'alaba bilan boshladi
Xitoyning Vuning shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida ATP Challenger 50 turniri boshlandi.
Musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'rmoqda.
U kecha ilk bosqich doirasida avstraliyalik Moyrani Budzigga qarshi kortga chiqdi va 2:1 (6/4, 1/6, 7/6) hisobida g'alaba qozondi.
Endi Fomin nimchorak final bosqichida britaniyalik Xarri Uendkelkin bilan to'qnash keladi. O'yin ertaga 7:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Malumot uchun, Sergey dunyo reytingida 363-o'rinni egallab turgan bo'lsa, 24 yashar Xarri Uendkelkin ushbu reytingda 237-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar