01 noy 15:39
Yangiliklar
Tennis
Sergey Fomin Xitoydagi turnirning juftlik bahslarida chempion bo'ldi
Xitoyning Cyandaoxu shahrida tennis bo'yicha o'tkazilayotgan ITF M25 turnirida juftlik bahslari o'z yakuniga etdi.
Juftlik bahslarida ispaniyalik Ignasi Forkano bilan tandemda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Sergey Fomin finalga qadar etib keldi va hal qiluvchi bahsda mezbon xitoylik tennischilar juftligi - Nidunzyanzan/Sun tandemiga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 17 daqiqa davom etgan o'yinda Fomin va Forkano 6:2, 6:4 hisoblarida g'alabaga erishib, juftlik bahslari chempioniga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Fomin mazkur turnirning yakkaligida ham finalga qadar etib kelgan. U ertaga, 2 noyabr kuni Belarus vakili Nikolay Galakka qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar