08 jan 11:29
Yangiliklar
Sergey Fomin yarim final ostonasida qoqildi
Afsuski, musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekistonning birinchi raketkasi chorak finalda o'z yurishini to'xtaldi. Nimchorak finalda reytingda o'zidan yuqorida borayotgan franciyalik Rober Bertrandni mag'lub (6/3, 6/4) etishni uddasidan chiqqan Fomin bu safar o'zidan quyidagi raqibga yutqazdi.
Hozirgina yakuniga etgan chorak final bahsida u chexiyalik 30 yoshli Marek Gengelga 1/6, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ikkinchi setning o'zi to'pni o'zi o'yinga kiritgan 10-geymidan unumli foydalani olmadi va buning natijasida kambek amalga oshmadi.
Malumot uchun, 24 yashar Sergey Fomin ayni paytda dunyo reytingida 340, Gengel esa 415-o'rinni egallab turibdi. Oltmish olti daqiqa davom etgan uchrashuv davomida Sergey 3, Marke 7 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tennischi ham ikkitadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi.

Fikrlar