So’nggi yangiliklar

11:27Швейцария ва Босния ўртасидаги ўйинда тарихда юз бермаган ҳолат содир бўлди 0 10:53Оқ уйдаги UFC турнирига эҳтимолий ҳужумнинг олдини олинди 0 10:14UFC 330 турнири кардига даъвогарлик жанги қўшилди 0 09:39Бир жанг тарихи: Руслан Чагаев vs Владимир Кличко! 0 09:02ЖЧ-2026. Кореяни мағлуб этган Мексика плей-офф масаласини ҳал қилди 0 08:3647 ёшли Луис Ортис икки ҳафтада икки рақибини муддатидан аввал мағлуб этди 0 08:01Илия Топурия ва Жастин Гэтжи олти ойга четлатилди 0 20:23РАСМАН! Богдан Гусковнинг UFC'даги кейинги жанги эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 19:51Каннаваро ЖЧ тарихига кирди 0 19:05Эртага 9 нафар боксчимиз Хитойдаги жаҳон кубогида жанг қилади 0 18:35Конор Макгрегор: "UFC'да қолишимга умид қиламан" 0 17:24Беҳруз Каримов Луис Диасни зарарсизлантириш, узоқ масофадан зарба ва бошқа масалалар ҳақида 0 16:48Перейра Ган билан жанг учун апелляция беришдан воз кечди. У реванш истамоқда 0 15:21"Шара Буллет ҳеч қачон UFC чемпиони бўлмайди" - Царукян 0 14:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0

10 noy 09:50
Yangiliklar

Boks/MMA

Sergey Kovalyov: “Abror Tursunpo'latov yordamida yana jahon chempioni bo'laman”

Professional boksning yarimog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov bo'lajak jangiga tayyorgarlikni hamyurtimiz Abror Tursunpo'latov qo'l ostida olib boryapti.

Xabaringiz bor, Tursunpo'latov Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarovning murabbiyi hisoblanadi. Kovalyov ketma-ket so'nggi ikkita jangida amerikalik Andre Uordga yutqazib qo'ygan va buning natijasida jahon chempionlik kamarlarini boy bergandi.

“Ukrainalik Vyacheslav SHabranskiga qarshi o'tkazadigan jangimga tayyorgarlik reja asosida davom etyapti. Bu borada menga yangi murabbiyim Abror Tursunpo'latov yaqindan yordam beryapti. Bu mutaxassis bilan hamkorlikda ishlayotganimdan xursandman.

Biz bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz, til borasida ham hech qanday muammo yo'q. Biz birgalikda muvaffaqiyatga erishamiz va men yana jahon chempionlik kamarlarini qo'lga kirita olaman”, - dedi rossiyalik sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov.


Eslatib o'tamiz, Kovalyov 25 noyabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida ukrainalik Vyacheslav SHabranskiga qarshi ringga ko'tariladi. G'oibnazarov esa 9 dekabr kuni amerikalik Stiven Ortizga qarshi 8 raundlik jangda ringga chiqadi.

Bu jang Nyu-York shahridagi dunyoga mashhur Madison Square Garden arenasida bo'lib o'tadi. Oqshomning markaziy jangida ukrainalik jahon chempioni Vasiliy Lomachenko o'z chempionlik kamarini himoya qiladi. 


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing